Jahon

Ozarbayjon Ukrainani tiklashga 10 million dollar yordam ajratadi

Bu haqda mamlakat TIV Londonda o‘tkazilgan Ukraina tiklash bo‘yicha anjumanda maʼlum qildi.

Ozarbayjon Ukrainani tiklashga 10 million dollar yordam ajratadi

 

 

Ozarbayjon Ukrainani tiklash uchun 10 million dollardan kam bo‘lmagan ko‘mak ajratadi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Londonda o‘tkazilgan Ukraina tiklash bo‘yicha anjumanda maʼlum qilgan.

 

«Ozarbayjon Ukrainadagi hozirgi inqiroz jiddiy gumanitar fojiaga doyalik qilib, Yevropa tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotganidan chuqur taassufda. Ozarbayjon (nizo) Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyili asosida tez muddatda hal etilishi tarafdoridir. Inqiroz keltirgan og‘ir gumanitar oqibatlar aholining uqubatlarini yengillatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni talab etadi», – dedi Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri.

 

Qayd etilishicha, Rossiya bosqini boshlangandan buyon Ozarbayjon Ukrainaga 20 million dollardan ziyod hajmda gumanitar ko‘mak yo‘llagan. Masalan, 2022 yil dekabr oyida Boku Kiyev so‘roviga asosan  oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy va energiya uskunalaridan iborat 52,2 tonna yordam yuborgan.

 

Bundan tashqari, bombardimonda vayron etilgan Irpendagi 12-maktab Ozarbayjon ko‘magida qayta tiklangan.

 

«Ozarbayjon Ukrainani tiklash va rekonstruksiya qilishga, xususan, elektr uskunalar yuborish va Irpen shahrida rekonstruksiya loyihalari amalga oshirish orqali hissa qo‘shishda davom etadi. Ushbu ko‘makning umumiy miqdori kamida 10 million dollarni tashkil qiladi», – deydi J.Bayramov.

 

Urush va harbiy harakatlar og‘rig‘ini o‘z tanasida qilgan Ozarbayjon ayni paytda ishg‘oldan ozod qilingan Qorabog‘da tiklash ishlarini olib bormoqda. Bu jarayonda yer ostiga ko‘milgan sanoqsiz minalar jiddiy muammoga aylangan. Armaniston hozircha mina xaritalarini taqdim etganicha yo‘q. Bayramovga ko‘ra, mavjud qiyinchiliklarga qaramay, Ozarbayjon Ukrainaga yaqin muddatda hududlarni minadan tozalash mashinasini ham beradi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Ozarbayjon Ukrainani tiklashga 10 million dollar yordam ajratadi | Zamon.uz