O‘zbekiston muftiysi Xalqaro ulamolar kengashi aʼzosi bo‘ldi
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi uchrashuvda maʼlum qilgan.

Muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari Xalqaro musulmon ulamolar kengashi aʼzosi bo‘ldilar.
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi uchrashuvda maʼlum qilgan:
"Mana, kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari Qatardagi Xalqaro musulmon ulamolar kengashiga aʼzo bo‘lganlari, barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Buyam o‘tgan davrda diniy-maʼrifiy sohada olib borgan islohotlarimizning xalqaro eʼtirofi, xalqimizning Islom dini rivojiga qo‘shayotgan hissasiga berilgan yana bir yuksak baho, desak to‘g‘ri bo‘ladi", — dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda.







