“Vagner” atrofidagi voqealar Rossiyaning ichki ishi—Blinken
AQSH davlat kotibi Rossiyadagi vaziyat haqida gapirdi.

So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasidagi «Vagner» atrofida sodir bo‘lgan voqealar Rossiyaning ichki ishi, dedi AQSH davlat kotibi Entoni Blinken.
“Men bu haqda spekulyatsiya qilishni istamayman. Avvalo, bu Rossiyaning ichki ishi”, — deya munosabat bildirgan u.
24 iyunga o‘tar kechasi Rostov-Donuda «Vagner» Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini egallab oldi. Bu Yevgeniy Prigojinning Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan PMS lagerlariga raketa va bombali hujumlar uyushtirgani haqidagi bayonotlari fonida sodir bo‘ldi.
Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyadagi ushbu voqealarni muhokama qilmasligini eʼlon qilgan edi.








