Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari AQSHda muzokara o‘tkazadi
Muzokara Entoni Blinken ishtirokida o‘tkaziladi.

Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Jeyhun Bayramov va Ararat Mirzoyan muzokaralar o‘tkazish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurdi.
Hamkasblarning amaliy tashrifi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Tashrif doirasida vazirlar Blinken bilan uchrashishi rejalashtirilgan. AQSH Davlat kotibi, shuningdek, Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida tinchlik va davlatlararo munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazadi.








