O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi
Futbolchilar Saudiya Arabistoni jamoasini mag‘lub etdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo kubogining chorak finalida Saudiya Arabistoni jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim final bilan birga joriy yil Indoneziyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.
Gollar Ollabergan Karimov hamda Dilshod Abdullayev tomonidan kiritilgan.
U-17 terma jamoasi endi Osiyo kubogi yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi to‘p suradi.








