O‘zbekiston va AQSH strategik sheriklikni yana-da mustahkamlashga kelishib oldi
Bosh vazir o‘rinbosari AQSH rasmiylari va yetakchi amerika kompaniyalari vakillari hamda rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonga tashrif buyurdi va AQSHdagi hukumat rasmiylari hamda yetakchi amerika kompaniyalari vakillari hamda rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) maʼlumotiga ko‘ra, AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu, AQSH savdo vazirining o‘rinbosari Alan Esteves, AQSH savdo vakili o‘rinbosari Sara Byanki, AQSH-O‘zbekiston Savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
AQSH davlat kotibi yordamchisi Donald Lu bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da kengaytirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Amerika tomoni O‘zbekiston bilan yirik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini eʼtirof etdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lishi jarayonining tezlashtirish doirasida hamkorlikni rivojlantirish kelishib olindi.
Shuningdek, AQSH savdo vakili o‘rinbosari Sara Byanki bilan muloqotda O‘zbekiston sarmoyaviy jozibadorligini mustahkamlash, savdo to‘siqlarini bartaraf etish hamda savdo operatsiyalarini yana-da osonlashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekistonda energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan AQSH kompaniyalarining muvaffaqiyatli faoliyati alohida taʼkidlandi.
AQSH savdo vakili o‘rinbosari Sara Byanki bilan muloqotda O‘zbekiston sarmoyaviy jozibadorligini mustahkamlash, savdo to‘siqlarini bartaraf etish hamda savdo operatsiyalarini yana-da osonlashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekistonda energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan AQSH kompaniyalarining muvaffaqiyatli faoliyati alohida taʼkidlandi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlar strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash, investitsiyaviy hamkorlik va o‘zaro savdoni kengaytirishga tayyorligini tasdiqladilar.







