O‘zbekistonning tinchliksevar davlatlar reytingidagi o‘rni eʼlon qilindi
Reytingdan 163 mamlakat o‘rin olgan

Global tahlil markazi hisoblanuvchi Iqtisodiyot va tinchlik instituti 2022-yilgi eng tinchliksevar davlatlar reytingini eʼlon qildi. Bu haqda institut veb-saytida xabar berildi.
«Tinchlikning global ko‘rsatkichi» hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston reytingga kiritilgan 163 mamlakat ichida 87-o‘rinni egallagan va o‘rtacha tinchlik ko‘rsatkichiga ega mamlakatlar guruhidan joy olgan.
Eng tajovuzkor davlatlar sifatida Suriya, Yaman, Janubiy Sudan va Rossiya qayd etilgan. Kuchli o‘ntalikka esa Yangi Zelandiya, Irlandiya, Daniya, Avstriya, Portugaliya, Sloveniya, Chexiya, Singapur va Yaponiya kiritilgan.
Maʼlumot o‘rnida, jahon reytingini tuzishda ijtimoiy birdamlik darajasi, inson huquqlariga rioya qilish, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qamoqxonalardagi mahbuslar soni, terrorizm tahdidi darajasi, mudofaa xarajatlari hamda harbiy harakatlar kabi omillar hisobga olingan.







