O‘zbekistonda iyul oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida maʼlumot berildi
Gidrometeorologiya markazi maʼlumotlariga ko‘ra, iyul oyi juda issiq bo‘lmasligi kutilmoqda.

Gidrometeorologiya markazi maʼlumotlariga ko‘ra, iyul oyi juda issiq bo‘lmasligi kutilmoqda.
O‘zxbekiston hududning katta qismida o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda va faqat shimolda, janubda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda meʼyordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘ladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3-iyul kunlari havo haroratining qiymatlari 37-40 darajaga, cho‘l hududlarda va respublika janubida 41-43 darajaga yetadi.
Biroq iyul oyi birinchi o‘n kunligi o‘rtalariga borib, harorat 3-5 darajaga pasayishi kutilmoqda. Keyinchalik, oy oxirigacha havo harorati kechalari 20-25 daraja atrofida, baʼzi joylarda 27 daraja issiq, kunduz kunlari 33-38 darajagacha, ayrim kunlarda 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-45 darajagacha issiq bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda, asosan tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim kunlarda mahalliy qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.







