O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti missiyasi rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda bo‘lajak prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti missiyasi rahbari bilan uchrashdi

 

Shavkat Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gachekni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, uchrashuvda bo‘lajak prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan konstruktiv muloqot, faol almashinuvlar, ochiq va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

"Byuro ekspertlari milliy saylov tizimini modernizasiya qilishda, shu jumladan mamlakatimiz Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan. YeXHT DIIHB missiyasi joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Konstitusiya bo‘yicha referendumni kuzatishda ham qatnashgan edi", — deyiladi xabarda.

 

Uchrashuv davomida umumxalq ovoz berish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkazishning turli jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, DIIHB missiyasi rahbari Ursula Gachek Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"