Jahon

“Kompromat ishi” sudga oshirildi

Ayblanuvchilar fuqarolarga 5 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan.

“Kompromat ishi” sudga oshirildi

 

Avvalroq DXX Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev va "davlat tashkilotlarida ishlovchi boshqa shaxslar" Telegramdagi “Kompromatuzb” va boshqa kanallar orqali sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanayotganib, qo‘lga olingandi. Mazkur holat bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan Oliy sud matbuot xizmati maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinshicha, Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi va 243-moddasi bilan ayblangan X. D. (1984-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan ayblangan S. X. (1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan A. A. (2004-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan) hamda Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlari bilan ayblangan M. M. (ayol, 1973-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda ushbu jinoyat ishi “E-XSUD” elektron axborot tizimi orqali sudyalar o‘rtasida taqsimlanish jarayonidadir.

 

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy daʼvogar mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 138 000 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

 

Jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi haqida qo‘shimcha maʼlumot beriladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

“Kompromat ishi” sudga oshirildi | Zamon.uz