O`zbekistonda 6-iyul kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi
Respublikaning aksariyat hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 6-iyul, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.







