Gruzinlar Qora dengizdan xavotirda
Batumi aholisi mutaxassislardan suv sifatini tekshirishni talab qildi.

Ukrainadagi Kaxovka GESidagi vayronagarchilikdan xavotir Gruziyaga ham yetib keldi. Iyun oyi oʻrtalarida suzish mavsumi ochilgan mamlakatning kurort shahri Batumida odamlar suvning ifloslanganidan tashvishda. Mahalliy aholi atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligidan qo'shimcha monitoring choralarini ko'rishni so'radi.
Ilgari dengiz suvi sifati monitoringi har oyda bir marta amalga oshirilar edi. Laboratoriya tadqiqotlari jarayonida fizik va kimyoviy ko'rsatkichlar, shu jumladan suvning sho'rligi aniqlanadi.
Iyun oyida Ajariyaning bir qancha kurort hududlarida olib borilgan bakteriologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bu yil dengiz suvi o'tgan mavsumdan ham yaxshiroq.







