O'zbekiston

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

Ruxsatnomalar berilgan kundan 90 kun ichida qaytarish sharti bilan tashuvchilarga beriladi.

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori bilan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi.

 

Nizomga ko‘ra, ruxsatnomalarda avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.

 

Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: 

 

  • ikki tomonlama yuk tashish uchun;

  • tranzit yuk tashish uchun;

  • uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;

  • ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;

  • ikki tomonlama qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;

  • tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;

  • ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun.

 

Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizani milliy tashuvchi o‘zining ERIsi bilan tasdiqlagan holda "E-avto ruxsatnoma" AAT orqali takdim etadi va ariza olingan kundan 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish E-avto ruxsatnoma" AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

 

Ruxsatnomalar ular berilgan kundan 90 kalendar kun ichida vakolatli organga qaytarish sharti bilan tashuvchilarga beriladi. Har bir beriladigan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma uchun BHMning to‘rtdan biri (82 ming 500 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

 

Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, "E-avto ruxsatnoma" AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga – 3 oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa – 6 oy muddatga barcha xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar berilishi to‘xtatiladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"