Dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi
Hafta oxiriga borib harorat yana ko`tarila boshlaydi

“O‘zgidromet” maʼlumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha ushbu haftaning boshida respublika hududlarida kuzatilgan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Kunning ikkinchi yarmida markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shanba va yakshanba kunlari respublika bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi, ammo hududlarning katta qismida iyul oyi uchun 33-38 daraja bo‘lgan maqbul qiymatlar saqlanib turadi, faqat eng chekka janubda 39-41 daraja atrofida bo‘ladi.
Ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahrida shanba va yakshanba kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 34-37 daraja bo‘ladi.







