Jahon

O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib keladi

Biroq 14-iyuldan barcha hududlarga Kavkazdan salqinroq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.

O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib keladi

 

“O‘zgidromet” maʼlumotlariga ko‘ra, 9-10-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi va harorat ko‘tarila boshlaydi.

 

Taʼkidlanishicha, issiq ob-havoning cho‘qqisi 11-13-iyul kunlariga to‘g‘ri keladi. Natijada kunduzi havo harorati 39-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.

 

"Biroq bu issiq davr uzoq bo‘lmaydi. 13-iyuldan respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 14 iyuldan barcha hududlarga, bu safar Kavkazdan salqinroq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 3-5 darajaga pasayadi. Haroratning eng sezilarli pasayishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatiladi, bu yerda havo harorati 5-7 darajaga pasayadi", — deyiladi xabarda.

 

Maʼlum qilinishicha, shundan so‘ng iyul oyining oxirigacha haroratni qisqa muddatga ko‘tarilishi kuzatiladi, lekin sinoptiklar ushbu iyul oyida anomal issiq bo‘lishini kutmayaptilar.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib keladi | Zamon.uz