Twitter Threads ishga tushirilgani uchun Meta‘ni sudga berish bilan tahdid qilmoqda
Taʼkidlanishicha, Meta Threads ishlab chiqish uchun ishdan bo‘shatilgan Twitter xodimlaridan foydalangan.

Twitter Threads ijtimoiy tarmog‘ining ishga tushirilishi munosabati bilan Meta Platforms‘ni sudga berish bilan tahdid qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, Meta Threads ishlab chiqish uchun ishdan bo‘shatilgan Twitter xodimlaridan foydalangan.
"Twitter o‘zining intellektual mulk huquqlarini qatʼiy taʼminlash niyatida va kompaniyaning har qanday tijorat sirlari yoki boshqa o‘ta nozik maʼlumotlardan foydalanishni to‘xtatish uchun Meta‘dan zudlik bilan chora ko‘rishni talab qiladi", — deya maʼlum qildi Twitter advokati Aleks Spiro.
Eslatib o‘tamiz, Facebook va Instagram‘ga egalik qiluvchi Amerikaning Meta kompaniyasi 6 iyulga o‘tar kechasi Twitter‘ning asosiy raqobatchisiga aylanishi kerak bo‘lgan Threads matnli xizmatini ishga tushirdi.
Meta Twitter‘ga o‘xshash interfeysga ega bo‘lgan yangi xizmat 500 ta belgigacha bo‘lgan xabarlarni, shuningdek, 5 daqiqagacha bo‘lgan fotosuratlar va videolarni joylashtirish imkonini berishini eʼlon qildi.
Instagram jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ilovaning o‘zi o‘zini ijtimoiy tarmoqqa qo‘shimcha sifatida ko‘rsatadi. 6 iyuldan boshlab ilovani 100 dan ortiq mamlakatlarda App Store va Google Play‘dan yuklab olish mumkin.







