Toshkentda avtomobillar chuqurlikka tushib ketdi
Hodisa tuproq o‘pirilishi oqibatida yuz bergan

FVV xabariga ko‘ra, bugun, 8-iyul kuni taxminan soat 12:00 lar atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasida qurilayotgan yangi binoning poydevori uchun qazilgan handaqning bir chetida yer o‘pirilish hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada handaq chetidagi yo‘lda turgan Matiz va Spark rusumli avtomobillar handaq ichiga tushib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa to‘g‘risida FVVga xabar kelib tushmagan. Biroq tarqalgan xabar yuzasidan voqea joyiga shahar va tuman FVB xodimlari chiqib, o‘rganish ishlarini olib borgan hamda avtomobillar maxsus texnika yordamida handaqdan chiqarib olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.







