O'zbekiston

O`zbekistonda harorat 45 darajagacha isiydi

Hafta davomida issiq harorat yana-da kuchayishi kutilmoqda

O`zbekistonda harorat 45 darajagacha isiydi

 

“O‘zgidromet” maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi bilan belgilanadi.

 

Qayd etilishicha, havo harorati kundan-kunga ko‘tariladi. Respublika hududlarining katta qismida issiq ob-havoning cho‘qqisi haftaning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Xususan, 12-13 iyul kunlari kunduzgi havo harorati 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.

 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining shimolida 11-12 iyul kunlari eng yuqori harorat  43-45 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

 

"Kuchli issiq qisqa muddat kuzatiladi. 13 iyulda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 14 iyulda respublikaning barcha hududlarida atmosferadagi janubiy oqimlar g‘arbiy oqimlarga o‘zgaradi va havo harorati 33-38 darajagacha, janubda 40 darajagacha pasayadi. Bunday harorat foni dam olish kunlarida ham saqlanib turadi", — deyiladi xabarda.

 

Ushbu hafta davomida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo kam bulutli va asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O`zbekistonda harorat 45 darajagacha isiydi | Zamon.uz