O‘zbekistonda nikohlar soni kamaydi
Joriy yilning birinchi yarmida nechta nikoh qayd etilgani to‘g‘risida maʼlumot berildi.

2023-yil birinchi yarmi davomida FHDYO organlari tomonidan respublika bo‘yicha 98 603 ta nikoh qayd etilgan.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 517 taga kam.
Shular jumlasidan:
er va xotin 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida - 79 407 ta;
er va xotin 50 yoshdan oshganlar o‘rtasida - 744 ta.
Hududlar kesimida:
30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Samarqand viloyati eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi;
50 yoshdan oshganlar o‘rtasida Toshkent shahar eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.







