O'zbekiston

Mirziyoyev ayrim tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Ayni damda Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mirziyoyev ayrim tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi

 

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida donishmand xalqimiz 9 iyul kuni juda katta siyosiy tadbirni yuqori saviyada, yorug‘ yuz bilan o‘tkazganini qayd etdi. 

 

Yangilangan Konstitusiya asosida  bo‘lib o‘tgan saylovlarda fuqarolarimiz yuksak uyushqoqlik ko‘rsatib, o‘zlarining siyosiy madaniyati va faolligini namoyon qilgani va buni jahon hamjamiyati ham e’tirof etayotgani ta’kidlandi. 

 

“Biz barchamiz O‘zbekiston degan qadimiy, go‘zal va betakror yurt farzandlarimiz. Shu qutlug‘ zaminda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining bugungi hayoti, taqdiri va kelajagi ham bir. Barchamiz uchun Vatan va xalq manfaatlari muqaddas va eng ustuvor maqsaddir. Saylov jarayonida hammamiz uchun mushtarak bo‘lgan ana shunday ulug‘ g‘oyalarni yetakchi o‘ringa qo‘ygan barcha nomzodlarga o‘z tashakkurlarimni aytaman”, - dedi Prezident.

 

Davlat rahbari saylovda faol ishtirok etgan, o‘zining xohish-irodasi, yuksak siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yaqqol namoyon etgan, keng ko‘lamli demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha vatandoshlarimizga, butun xalqimizga samimiy hurmat-ehtiromini izhor etdi.

 

“Bor bilim va tajribamni, kuch-g‘ayratimni mehnatkash, mard va olijanob xalqimizning menga bildirgan yuksak ishonchini oqlash uchun safarbar etishga, bu yo‘lda, kerak bo‘lsa, jonimni ham fido qilishga tayyorman”, - dedi Prezidentimiz.

 

Saylovni yuqori saviyada tashkil etgani uchun Markaziy saylov komissiyasi, saylov okruglari va uchastkalariga, xorijdagi saylov uchastkalariga kelib, o‘zining siyosiy irodasini namoyon qilgan vatandoshlarimizga, Haj ziyorati davomida faol bo‘lib, saylovda ovoz bergan hojilarga, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlagani uchun huquq-tartibot idoralari xodimlariga, shuningdek, saylov jarayonlarini xolisona baholab, haqqoniy yoritib borgan mahalliy va chet ellik kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillariga minnatdorchilik bildirildi.

 

Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida bu ko‘rsatkichlar pastligi, investisiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi.

 

Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mirziyoyev ayrim tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi | Zamon.uz