O'zbekiston

Endi ish haqi natura shaklida to‘lanishi mumkin

Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Endi ish haqi natura shaklida to‘lanishi mumkin

 

Qarorga ko‘ra, mehnatga natura shaklida haq to‘lanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:

 

xodim yoki uning oilasi iste’moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

 

o‘ziga xizmat ko‘rsatilishi va uy xo‘jaligini yuritishda ko‘maklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish.

 

Shuningdek, ish haqini natura shaklida to‘lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi. 

 

Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

 

Xodimning yozma roziligidan qat’i nazar uning ish haqidan:

 

50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida to‘lanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas;

 

50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi.

 

Ish haqini natura shaklida to‘lashda quyidagilar taqiqlanadi:

 

—xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lganda, ish haqini natura shaklida to‘lash;

 

—qishloq xo‘jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;

 

—alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis o‘simligi hamda qonunchilikda realizasiya qilish (berish) taqiqlangan o‘simlik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

 

—uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi ish haqi natura shaklida to‘lanishi mumkin | Zamon.uz