O'zbekiston

Atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun kichik stansiyalar o‘rnatiladi

Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi maʼlum qildi.

Atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun kichik stansiyalar o‘rnatiladi

 

O‘zbekistonda atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun 347 ta avtomatlashgan kichik stansiya o‘rnatiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

 

Shu yilning 1 dekabriga qadar mamlakatdagi tuman va shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini amalga oshirish uchun 347 ta avtomatlashgan kichik stansiya o‘rnatiladi.

 

Ular Ekologiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan texnik talablar va hududlarga joylashtirish xaritalari asosida Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan o‘rnatiladi.

 

Shuningdek, kichik stansiyalarni joylashtirishda tuman va shaharlarning geografik joylashuvi, iqlimiy ko‘rsatkichlari hamda sanoatlashuvi inobatga olinadi.

 

Aytilishicha, 2024 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida o‘rnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar maʼlumotlari yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinadi va rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida muntazam yangilab boriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Atmosfera ifloslanishini monitoring qilish uchun kichik stansiyalar o‘rnatiladi | Zamon.uz