Bir kunda qancha fuqaro ishga joylashtirilgani maʼlum bo'ldi
Respublika bo‘yicha bir kunda 12 910 nafar fuqarolar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolangan

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 14-iyul kuni 12 910 nafar fuqarolar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolangan. Natijada 1 406 nafar fuqarolar ishga joylashtirilgan.
Shuningdek, 63 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan. Bundan tashqari, 539 nafar nafaqa yoshiga yetgan ishsiz fuqarolarning mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi maʼlumotlar "Yagona milliy mehnat tizimi"ga kiritildi.
Shu bilan birga, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan 499 nafar fuqarolarga nogironlik belgilangan.







