O'zbekistonda 16-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi
Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

“O‘zgidromet” 16-iyul, yakshanba kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istoning baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.







