O'zbekiston

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?

Davlat statistika qo‘mitasi bu haqda maʼlumot berdi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?

 

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12,742 tani tashkil etadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, respublikada ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12,742 tani tashkil etmoqda. 

 

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni:

 

  • Rossiya – 2 869 ta;

  • Xitoy – 1 860 ta; 

  • Turkiya – 1 741 ta;

  • Qozog‘iston – 950 ta;

  • Janubiy Koreya – 695 ta;

  • AQSH – 300 ta;

  • Qirg‘iziston – 245 ta;

  • Tojikiston – 244 ta;

  • Ozarbayjon – 204 ta;

  • Germaniya – 196 ta;

  • Turkmaniston – 138 ta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"