O‘zbekistonda 18-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
Respublikaning aksariyat hududlarida chang-to'zon kuzatilishi mumkin

O‘zbekistonda 18-iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.







