O'zbekistonda rahbarlar faoliyatini baholovchi tizim ishga tushirildi
Shuningdek, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishganlarni tanlab olish bo‘yicha platforma ishlab chiqildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, rahbarlar faoliyatining samaradorligini baholashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi “samaradorlik.uz” sinov tariqasida ishga tushirildi.
Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish” hrm.argos.uz axborot tizimi ham joriy etildi.
Bundan tashqari, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan nomzodlarni tanlab olish bo‘yicha “zaxira.argos.uz” manzilida maxsus platforma ishlab chiqildi.







