Threads Yevropa Ittifoqida bloklandi
Unga hatto VPN orqali ham kirib bo‘lmaydi.

Ilova Yevropa Ittifoqida mahalliy qonunchilikdagi muammolar tufayli bloklangan.
Yevropa Ittifoqi qonunlariga ko‘ra, kompaniyalar maʼlumotlarni to‘plash zarurligini qonuniy asoslashlari kerak. Threads bilan, bu qiyin — dastur nafaqat kontaktlar, ko‘rish va qidiruv tarixi, balki geolokatsiya, to‘lov maʼlumotlari va hokazolarni to‘playdi.
Shuningdek platformadagi akkauntni o‘chirish uchun Instagram akkauntni ham o‘chirishga to‘g‘ri keladi.







