Jahon

Tinch okeanida uch oy suzib yurgan dengizchi qutqarildi

Tim Sheddok va uning iti Tinch okeanida bo‘ronga uchragan va uch oy davomida xom baliq yeb, yomg‘ir suvini ichib, yordam kutgan.

Tinch okeanida uch oy suzib yurgan dengizchi qutqarildi

 

Tinch okeanida 51 yoshli avstraliyalik Tim Sheddok qutqarildi, u iti bilan birga uch oy davomida ochiq okeanda o‘z kemasida suzib yurgan.

 

Sheddok aprel oyida Meksikaning La-Pas portidan katamaranda yo‘lga chiqqan. U Tinch okeanidagi Fransiya Polineziyasi arxipelagiga qadar 6000 km masofani bosib o‘tishni rejalashtirgan. Uning iti Bella kemada u bilan birga bo‘lgan. 

 

Sayohat boshlanganidan bir necha hafta o‘tgach, ular katamarandagi elektronika va radio aloqalarini o‘chirib qo‘yib, kemani boshqarib bo‘lmaydigan holatga keltirgan bo‘ronga duch kelgan. Sheddok va uning iti 6 iyul kuni baliq ovlash kemasidagi vertolyot tomonidan aniqlanmaguncha, uch oy davomida ochiq okeanda suzib yurgan. 

 

Shu vaqt ichida avstraliyalik yomg‘ir suvini ichgan va okeanda ovlangan xom baliqni isteʼmol qilgan — Sheddokning baliq ovlash to‘ri bo‘lgan. Endi qutqarilganlar traulerda Meksikaga qaytib ketmoqda.

 

"Men dengizda juda og‘ir sinovdan o‘tdim. Men dam olishim va yaxshi ovqatlanish kerak, chunki uzoq vaqt yolg‘iz edim. Sog‘ligim joyida", — deydi Tim Sheddok. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tinch okeanida uch oy suzib yurgan dengizchi qutqarildi | Zamon.uz