O'zbekiston

Oliy sud "Kompromatuzb" ishi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchilar fuqarolarga 5 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan.

Oliy sud "Kompromatuzb" ishi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi

 

Avvalroq "Kompromatuzb" ishi yuzasidan boshlangan sud jarayoni yopiq tarzda ko'rib chiqilishi haqida xababr berilgan edi. Holat yuzasidan Oliy sud matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

 

Ta'kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida X. D, S. X, A. A. va M. M. ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlangan.

 

Sud sudlanuvchilar X. D. va M. M. ning jinoyat ishini yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish haqida keltirgan iltimosnomalarini muhokama qilib, ishda ishtirok etayotgan davlat ayblovchisi hamda himoyachilarning fikrlarini tinglab, ushbu jinoyat ishini Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish haqida ajrim chiqarilgan.

 

Qo‘shimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi, deyiladi Oliy sud rasmiy xabarida.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"