Jahon

Saudiya Arabistoni va Turkiya urush payti Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarish ustida ishlamoqda

Avvalroq Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putinga nisbatan ukrain bolalarining Rossiyaga deportatsiyasini tashkil etish bo‘yicha ish ochgandi.

Saudiya Arabistoni va Turkiya urush payti Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarish ustida ishlamoqda

 

Saudiya Arabistoni va Turkiya urush paytida Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda. Muzokaralarda Roman Abramovich ishtirok etmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Financial Times gazetasi muzokaralardan xabardor manbalar so‘zlariga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, muzokaralar davomida urush paytida Rossiyaga olib ketilgan minglab bolalarning ro‘yxati tuzilmoqda, deydi manbalar,

 

Avval xabar qilinmagan muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. Muhokamalarda "Chelsi" futbol klubining sobiq xo'jayini Roman Abramovich ham ishtirok etmoqda. Ilgari u Rossiya Federatsiyasi Prezidentining vakili sifatida Ukraina bilan muzokaralarda, shu jumladan asirlarni almashish va “don bitimi”ni tuzishda ham ishtirok etgan.

 

Ma'lumot uchun, mart oyida Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda ayblagan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"