O'zbekiston

20 yoshli bloger operatsiya vaqtida vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.

20 yoshli bloger operatsiya vaqtida vafot etdi

 

Joriy yilning 19 iyul kuni instabloger Asad Algo vafot etdi. Bu haqda uning yaqin do'sti maʼlum qildi.

 

Qizning aytishicha, bloger kaltaklanish natijasida boshidan qattiq jarohat olgan va uch kun davomida uyida davolangan.

 

Ammo ahvol yomonlashgach miyasidan operatsiya qilingan va jarrohlik stolida yuragi to‘xtab, vafot etgan.

 

“Barchadan iltimos qilaman, duo qilinglar joylari jannatdan bo‘lsin”, — deydi uning do'sti.

 

Shuningdek, blogerning o‘limini Sevinchka ham tasdiqladi:

 

“Iltimos, mendan hech narsa so‘ramang. Hammasiga uning ota-onasi va qilgan ishlari aybdor. Unga hech kim qaramadi. U mening yigitim emas, janjal qilishimizga qaramay, u mening yaqin odamim edi”.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.

 

Unga ko‘ra, "Asad Algo" nomi bilan tanilgan 20 yoshli bloger vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

«Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi», — deyiladi rasmiy munosabatda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

To‘lovning FIFA yillik hisobotida ko‘rsatilmagani rahbar daromadlarining shaffofligi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi.

44 mln so‘mga sotilayotgan qalbaki dollarlar: uch kishi ushlandi

44 mln so‘mga sotilayotgan qalbaki dollarlar: uch kishi ushlandi

Qalbaki pullar Turkiyadan olib kelingani aniqlangan.

Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi

Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi

Haydovchi keskin burilishda tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan va ustunga urilgan.