O‘zbekistonda 21-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda 21-iyul, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja, baʼzi joylarda 42 darajagacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.







