Boku Yerevanning Qorabog‘ni “etnik tozalash” haqidagi bayonotiga javob berdi
Shuningdek, Ozarbayjon TIV vaziri Lochin yo‘lagi yopib qo‘yilishi haqida ham gapirdi.

Ozarbayjon TIV Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyanning Qorabog‘ni “etnik tozalash” haqidagi bayonotini “xato va xavfli”, deb atadi.
Payshanba kuni Ararat Mirzoyan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doimiy kengashi majlisida so‘zga chiqib “Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tan olish boshqacha talqin qilinmasligi va tog‘li Qorabog‘da etnik tozalashga “litsenziya” sifatida foydalanmasligi kerak”, dedi.
Shuningdek, u Ozarbayjon tomonidan Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan yagona yo‘l — Lochin yo‘lagi yopib qo‘yilishi “noqonuniy”, “insoniylikka zid”, deb baholagan.
“Armanistonning Ozarbayjon, go‘yo, mintaqada etnik tozalash olib borishga urinayotgani to‘g‘risidagi bayonoti xato va xavfli. Arman millatiga mansub aholiga qarshi hech qachon etnik tozalash siyosati olib borilmagan”, — deyiladi TIV xabarida.







