Dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi
Respublika bo'yicha harorat ko'tarilishi kutilmoqda

"O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati biroz ko‘tariladi. Kunduz kunlari harorat 37-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 41-43 darajagacha bo‘ladi.
Qayd etilishicha, keyingi hafta davomida O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va havo harorati yana 1-2 darajaga ko‘tariladi.







