O'zbekiston

Magistraturaga hujjat topshirishda turk tili bo‘yicha sertifikatlarning qabul qilinmayotgani yuzasidan ma'lumot berildi

Endilikda magistratura qabulida talab etiladigan til sertifikatlari ro’yxatidan chiqarilgan ayrim turk tili bo'yicha sertifikatlar joriy yilgi qabulda ham amal qiladi

Magistraturaga hujjat topshirishda turk tili bo‘yicha sertifikatlarning qabul qilinmayotgani yuzasidan ma'lumot berildi

 

Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga hujjat topshirishda turk tili bo‘yicha ayrim sertifikatlarning qabul qilinmayotgani tarqalgan xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy ma'lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, vazirlikning 2023-yil 23-martdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatda aks ettirilmagan, ammo 2022-yil 30-iyundagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi 2023-yil 31-martgacha olingan hamda muddati o‘tmagan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar 2023/2024-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklaridagi tanlovda ishtirok etishi uchun inobatga olinadi.

 

"So‘nggi kunlarda tanlovda ishtirok etish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali kiritilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar tegishli rasmiy saytlar orqali tekshirilganda, ular orasida turk tilini bilishni tasdiqlovchi deya taqdim etilgan ayrim hujjatlar til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar emas, balki ayrim o‘quv markazlari tomonidan berilgan til kurslarida o‘qiganligini tasdiqlovchi sertifikatlar bo‘lib chiqmoqda. Shu bois, belgilangan talabga javob bermagan arizalarga rad javobi berilgan", — deyiladi xabarda.

 

Ma’lumot uchun, abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan TYS (Türkçe Yeterlik Sınavı) sertifikati maxus platforma orqali tekshiriladi. Tekshiruv natijasida tasdiqlanmagan sertifikatlar inobatga olinmaydi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyaga bordi

Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samolyotiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

custom img

Buxoroda 7 ta dorixonada noqonuniy savdoda bo‘lgan 101 turdagi dori vositasi aniqlandi

Nazorat tadbirlari “Arzon apteka bot”dagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan.

custom img

Qidiruvdagi shaxs jamoat transportida qo‘lga olindi

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida gumonlanib, qidiruvga berilgan.

custom img

Kredit qarzini undirishda bank kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirish taklif etilmoqda

Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

custom img

Maktablarda har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilmoqda

Mashg‘ulotlar o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Toshkentdagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi temir yutishga majburlandi

Bola yot jismni yutib yuborgach, shifoxonaga yotqizilib, operatsiya qilingan.

custom img

Psixotrop dori sotayotgan feldsher qo‘lga tushdi

Toshkent va Qashqadaryoda qiymati 400 million so‘mdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

custom img

“Bunyodkor” stadioni qarzdorlik tufayli elektr tarmog‘idan uzib qo‘yildi

Elektr yo‘qligi sabab O‘zPFL ofisi masofadan ishlashga o‘tgan, Liga serverlari esa faoliyatini to‘xtatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"