O‘zbekistonda 23-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
Havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda 23-iyul, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.







