Jahon

Putin Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini e'lon qildi

Ayni paytda Putin va Lukashenko Sankt-Peterburgda muzokara o'tkazmoqda

Putin Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini e'lon qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi muzokaralar Sankt-Peterburg yaqinidagi Strelna shahrida joylashgan Konstantinovskiy saroyida boshlandi. 

 

Uchrashuv avvalida Lukashenko Ukraina armiyasining qarshi hujumi amalda yo‘qligini aytdi. “U bor, lekin barbod bo‘ldi”, deb javob berdi janob Putin, deb yozadi “TASS”.

 

Putinning taʼkidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujum paytida yoʻqolganlari 26 ming kishidan oshgan. Rossiya prezidenti, shuningdek, Ukrainadagi xorijlik yollanma askarlar “o‘z ahmoqligi” tufayli katta yo‘qotishlarga duchor bo‘layotganini ta’kidladi.

 

Ma'lumot uchun, ikki davlat rahbarlari bir mashinada birgalikda muzokaralar o‘tkazish uchun Konstantinovskiy saroyiga yetib kelishgan.

 

Ayni paytda davom etayotgan uchrashuvda Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Rossiya-Belarus munosabatlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, Ittifoq doirasidagi integratsion hamkorlikni muhokama qilishlari kerak, deb xabar bermoqda "Kommersant" nashri.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"