O'zbekiston

Bekobodning chegaraoldi qishloqlarida nomaʼlum yirtqich paydo bo‘ldi

Mahalliy aholining aytishicha, yirtqich qoramollar va itlarga turli jarohatlar yetkazib, ularning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Bekobodning chegaraoldi qishloqlarida nomaʼlum yirtqich paydo bo‘ldi

 

Bekobodning Tojikiston bilan chegara qishloqlarida nomaʼlum yirtqich aholining qoramollariga hujum qilyapti. Mahalliy aholining aytishicha, bir oydan buyon 8 taga yaqin qoramolni bo‘g‘izlab ketgan. Shuningdek, qo‘riqchi itlarni ham turli darajada jarohatlab, ularning o‘limiga sabab bo‘lgan.

 

«Bir oydan buyon takrorlanyapti. Har 3-4 kunda bir keladi. Mollarga tongga yaqin hujum qilyapti. Shu kungacha 8 tacha qoramolni bo‘g‘izlab ketdi. Bir-ikkita tirik qolganlari ham bor. Ammo egalari jarohatlangan qoramollarini har qancha muolaja qilishmasin, tuzalib ketishiga umid yo‘qligini aytishyapti», – deydi tumandagi “Qushchi” mahallasida joylashgan 26-maktab xo‘jalik mudiri Oybek Abdurahimov.

 

Uning bildirishicha, nomaʼlum yirtqich asosan, qoramollarning yelka qismidan tishlab jarohat yetkazyapti. Ajablanarlisi, nobud bo‘lgan hayvonning jarohatidan yerga qon oqmayapti. Mahalliy aholining taxminicha, yirtqich mollarning qonini ichib ketayotgan bo‘lishi mumkin.

 

«15-20 nafar ovchilar bilan iziga ham tushib ko‘rdik. Tajribali ovchilarning aytishicha, yirtqich itsimonlar oilasiga mansub, ehtimol bo‘ridir. Ammo shu kungacha uning nimaligini ko‘rolmadik. Biz Tojikiston bilan chegara hududlarga tomon yirtqichni qidirib ketganimizda Dalvarzin mahallasiga hujum qilibdi, bir itni o‘ldirib ketgan.

 

Mahalliy mutasaddi tashkilotlar eʼtibor qaratishmayapti. Hududiy ekologlarga murojaat qildik. Kelishdi, ammo ular ham tayinli gap aytishmadi. Nobud bo‘lgan mol egalari itlar yeb quturish kasalligini yuqtirmasligi uchun ularni ko‘mib tashlashyapti», – deydi Oybek Abdurahimov.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bekobodning chegaraoldi qishloqlarida nomaʼlum yirtqich paydo bo‘ldi | Zamon.uz