O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2,2 foizga oshdi
Mamlakatda aholi soni 36 mln 373 mingga yaqinlashdi

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyul holatiga respublika bo‘yicha doimiy yashovchi aholi soni 36 372,3 ming kishini tashkil etadi.
Bu qiymat 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘paygan.
Shundan:
- ayollar 18 066 ming kishi;
- erkaklar 18 306,3 ming kishi.
Shuningdek, bugungi kunda shaharlarda 18 557,5 ming kishi, qishloq joylarida 17 815,8 ming kishi istiqomat qiladi.







