Yangi Toshkent shahri quriladi
Shaharni qurishga Toshkent viloyatidan qariyb 20 ming gektar yer ajratiladi.

Maʼlum qilinishicha, Yuqori Chirchiq tumanidan O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov hamda O‘rta Chirchiq tumanidan Do‘stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yerlarning toifasi o‘zgartirilib, Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratiladi. Bu haqda Prezidentning 20 iyulida imzolangan qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, yangi shahar uchun Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan qariyb 19 730,9 gektar yer maydoni tanlab olingan bo‘lib, dastlabki bosqichda 2 420 gektar yer maydonida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Umuman olganda, 20 ming gektarlik yer maydonining qariyb 13 ming gektari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.







