Namanganda so‘nggi bir haftada 4 kishi cho‘kib ketdi
Ularning ikki nafari bolalar.

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarni taqiqlangan hududlarda cho‘milishdan ogohlantirib, ayni paytda viloyat hududidagi suv havzalarida qutqaruvchilar tomonidan 4 nafar fuqaro qidirilayotganini bildirdi.
Boshqarma xabariga ko‘ra, Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 2011 yil va 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan 2 nafar o‘g‘il bolalar suvda qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan suv osti va tuman yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan suv usti qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari viloyatning Uchqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Katta Andijon» kanalida 17 iyul kuni 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro, 23 iyul kuni esa Pop tumani Sirdaryo daryosida 1973 yilda tug‘ilgan fuqarolar cho‘kib ketganlikda gumon qilinib qidirilmoqda.







