O'zbekiston

Polsha O‘zbekistonga 4,5 mln dollarlik insonparvarlik yordami yubordi

Jo‘natilgan uchta yuk mashinasida 449 ta sunʼiy nafas berish apparati bor.

Polsha O‘zbekistonga 4,5 mln dollarlik insonparvarlik yordami yubordi

 

Polsha O‘zbekistonga 449 ta sunʼiy nafas berish apparatlarini beg‘araz yubordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

 

Qayd etilishicha, “Bellavista” IVL apparatlari Shveysariyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu zamonaviy tibbiyot texnikalari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati shifoxonalariga yuboriladi.

 

20 iyul kuni O‘zbekistonga jo‘natilgan uchta yuk mashinasida jami 449 ta shunday apparatlar bo‘lib, ularning umumiy qiymati 4,5 million dollarni tashkil etadi.

 

Polsha 2020 yilda O‘zbekistonga 300 ming dollarlik insonparvarlik yordami — shaxsiy himoya vositalari, tibbiy o‘lchash moslamalari va COVID-19‘ga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan dori-darmon vositalari yuborgandi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Polsha O‘zbekistonga 4,5 mln dollarlik insonparvarlik yordami yubordi | Zamon.uz