“Vagner”ni terror tashkiloti sifatida eʼlon qilish taklif etildi
Bu haqda Britaniya parlamenti saytida xabar eʼlon qilindi.

Britaniya parlamenti Tashqi ishlar qo‘mitasi hukumatni “Vagner” guruhini terror tashkiloti, deb eʼlon qilishga chaqirdi.
Fevral oyida “Telegraph” gazetasi ushbu mamlakat Ichki ishlar vazirligi shu haqda rasmiy bayonot berish rejasini ishlab chiqayotganini yozgandi.
“Hisobotda “Vagner” tarmog‘ini zudlik bilan terror tashkiloti sifatida eʼlon qilishga chorlov bor”, — deyiladi parlament saytida.
Bundan tashqari, deputatlar hukumatni “Vagner” bilan aloqador bo‘lgan tashkilot va jismoniy shaxslarga nisbatan “tez va keskin” sanksiya qo‘llashga chaqirgan.
Hujjatda aytilishicha, qariyb 10 yillar davomida hukumat mazkur guruh faoliyatiga yetarli baho bermagan. Qo‘mita fikricha, qonun chiqaruvchilar “xususiy harbiy tashkilot”ning zarari xususida yetarli bilimga ega emas.








