SpaceX dunyodagi eng og‘ir tijorat aloqa sunʼiy yo‘ldoshini uchirishni bekor qildi
Ushbu holat raketa uchirilishidan bir daqiqa avval sodir bo‘lgan.

SpaceX 27 iyul kuni Yupiter 3 sunʼiy yo‘ldoshini olib ketuvchi Falcon Heavy kosmik kemasini uchirishni bekor qildi, deb eʼlon qildi kosmik kompaniya Twitter‘da. Bu kema uchirilishidan 65 soniya oldin sodir bo‘ldi, deb yozadi Space.
Uchirish Floridada joylashgan Kennedi koinot markazidagi Launch Complex 39 A dan amalga oshirilishi kerak edi. SpaseX‘ning tushuntirishicha, uchirish “to‘xtatish mezonlari buzilgani uchun” bekor qilingan va yana bir urinish 28 iyul kuni amalga oshiriladi.
Raketa orbitaga eng yirik tijorat aloqa sunʼiy yo‘ldoshi Yupiter 3 ni olib chiqishi rejalashtirilgan. Sunʼiy yo‘ldoshning og‘irligi 10 tonnaga yaqin va to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng qanotlari tijorat samolyotlarinikiga o‘xshash bo‘ladi, deya taʼkidlaydi Space.








