O'zbekiston

Bosh prokuratura liftda qamalib qolishi oqibatida vafot etgan ayol haqida ma'lumot berdi

Ayolning jasadi 3 kun liftda qolib ketgan

Bosh prokuratura liftda qamalib qolishi oqibatida vafot etgan ayol haqida ma'lumot berdi

 

Bosh prokuratura maʼlumotlariga ko‘ra, 27-iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftida notanish ayol o‘lgan holatda topilgan.

 

Aniqlanishicha, 24 iyul kuni soat taxminan 14-50 larda 32 yoshli ayol yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi ko‘p qavatli uyning liftiga kirib, qayta chiqmagan. Natijada 26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari tomonidan ichki ishlar idorasiga bedarak yo‘qolganligi yuzasidan xabar berilgan.

 

Tekshirish davomida ushbu lift bir necha kundan buyon ishlamayotganligi, oldin ham ishlamay qolishi holatlari ko‘p marotaba bo‘lganligi haqida uy yashovchilari tomonidan tushuntirishlar berilgan.

 

Shifokorlarning dastlabki tibbiy maʼlumotnomasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga yurakning ishemik kasaligi, o‘tkir yurak, qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sabab deb ko‘rsatilgan.

 

Jamoatchilikda ushbu voqea bo‘yicha bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekshiruv davomida mutaxassislar yordamida to‘liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi, deyiladi rasmiy xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bosh prokuratura liftda qamalib qolishi oqibatida vafot etgan ayol haqida ma'lumot berdi | Zamon.uz