0

"Bundan keyin talab juda qattiq bo'ladi" — Prezident

Shavkat Mirziyoyev endilikda hech kimning eskicha ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligini ta'kidladi

"Bundan keyin talab juda qattiq bo'ladi" — Prezident

 

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada o‘tkazilgan IIV kengaytirilgan hayʼat yig‘ilishi yakunida endilikda hech kimning eskicha ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligini uqtirdi.

 

"Bugungi yig‘ilishda jami 31 nafar masʼul rahbarlar bo‘shatildi. Bundan keyin talab juda qattiq bo‘ladi. Bundan buyon yangicha yondashuvlar asosida ishlab, odamlarimizni rozi qilasizlar, yoki lavozimdan bo‘shatilib, javobgarlikka tortilasizlar", - dedi davlat rahbari.

 

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilish so‘nggida viloyat hokimlari ham har oyda hududidagi jinoyatchilik og‘ir bo‘lgan tumanlarda sayyor yig‘ilish qilib, holatni tanqidiy ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

"Bundan keyin talab juda qattiq bo'ladi" — Prezident