O'zbekiston

Ish stajiga ega bo‘lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1-avgustdan ish stajiga ega bo‘lmagan keksalarning nafaqasi, boquvchisini yo‘qotganlik uchun, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar uchun va boshqa holatlarda to‘lanadigan nafaqalar miqdori oshiriladi.

Ish stajiga ega bo‘lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi

 

Prezidentning "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan:

 

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 568 000 so‘m;
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 568 000 so‘m;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 568 000 so‘m;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 568 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 198 000 so‘m etib belgilanadi;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 568 000 so‘m etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.
custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markazi 6-sentyabr kuni ochiladi. Markaz o‘z faoliyatini “Hikmah” xalqaro ko‘rgazmasi bilan boshlaydi.

custom img

Uch hududda narkosavdogarlardan 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi

Ushlanganlardan biri sintetik giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan “Cobalt” avtomobilining yoqilg‘i bakiga yashirib olib o‘tishga uringan.

custom img

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi

U bolalar va ularning oilalari uchun erta aralashuv, reabilitatsiya, abilitatsiya, kunduzgi parvarish va uyda yordam ko‘rsatish xizmatlari bepul ekanini taʼkidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev yosh parlament a’zolariga murojaat yo‘lladi

Prezident Samarqandda o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilarini qutladi.

custom img

Glinka ko‘chasidagi avariya holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planishi oqibatida avariya holati yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda bir oyda 71,9 mlrd so‘mlik gaz va “svet” o‘g‘irlandi

Avgust oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 321 ta holat aniqlandi.

custom img

Raqobat qo‘mitasi internet va raqamli xizmatlar platformalarini o‘rganmoqda

O‘rganishlarda ayrim platformalarda tariflar, narxlar, xizmat ko‘rsatish shartlari va ommaviy oferta to‘liq joylashtirilmagani aniqlangan.

custom img

Toshkentda Slovakiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi

Turistik firma menejeri xizmat evaziga fuqarodan 3 ming dollar va 2,5 mln so‘m talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"