O‘zbekistonda 31-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
Harorat 42 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonda 31-iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.







