O'zbekiston

Xorijdan kelgan har bir turist uchun turoperatorlarga subsidiya ajratiladi

"Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yana-da jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga olib kelingan har bir turist uchun teng ulushlarda 20 AQSH dollaridan 100 AQSH dollarigacha rag‘batlantiruvchi subsidiya ajratiladi.

Turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijdan Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlariga charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublikada kamida 5 kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSH dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSH dollari ekvivalentida teng ulushlarda qoplab beriladi.

Shuningdek, 3 yulduzli toifa uchun 60 ta xonadan kam bo‘lmagan, 4 va 5 yulduzli toifa uchun 120 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega besh qavatdan past bo‘lmagan mehmonxona 2026 yil 31 dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach, investorlarning yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Xususan, 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so‘m, 4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so‘m qoplanadi.

2026 yil 31 dekabrgacha dunyoning nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan) foydalanuvchi O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarning royalti xarajatlari franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan 3 yil mobaynida quyidagi miqdorda qisman moliyalashtiriladi:

–3 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;

–4 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida;

–5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 600 AQSH dollari ekvivalentida.

2024-yil 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “To‘siqsiz turizm” dasturi amalga oshiriladi.

2026-yil 1-iyulgacha yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yo‘llaridan 5 km uzoqlikda) alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan va “safari” turizmi xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslarning mazkur faoliyat turi bo‘yicha mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi.

2023/2024 o‘quv yilidan har yili “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar hamda Buyuk ipak yo‘lida joylashgan davlatlar fuqarolari magistraturada davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun 10 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratib boriladi.

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetkazdi.

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suv olish limitidan oshish, shartnomasiz yoki ruxsatnomasiz suv olish qoidabuzarlik hisoblanadi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.